Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Amir Temur merosiga bag‘ishlandi

9 Aprel 2026, 18:55

39

IIV akademiyasida buyuk davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

O‘zbek tili va xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan tashkil qilingan tadbirda professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, kursantlar yig‘ildi.

So‘zga chiqqanlar Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni, kuchli markazlashgan davlat barpo etish yo‘lidagi faoliyati, harbiy strategiyasi, siyosiy-ijtimoiy qarashlari, o‘z davri ilm-fani va madaniyati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ma’ruza qildi.

Yosh avlodni ona Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalashda “Temur tuzuklari” asari g‘oyat qimmatli manba ekanligi, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda buyuk ajdodimizning tarixiy merosini chuqur o‘rganish muhimligi ta’kidlandi.

Tadbirda Amir Temur va temuriylar davrida ichki va tashqi siyosat, ilm-fan, madaniyat, bunyokorlik ishlari, saltanatni boshqarish tamoyillari, sarkardaning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech