Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Amaliyotdagi muammolar va yosh xodimlar faoliyati o‘rganilmoqda

20 Sentyabr 2023, 06:09

799

Joriy o‘quv yilidan IIV Akademiyasi ta’lim jarayoniga yangi tizim joriy qilindi. Unga ko‘ra, ixtisoslik va yuridik kafedralarni respublikamizning har bir ma’muriy hududiga biriktirish orqali hududiy ichki ishlar organlariga metodik yordam ko‘rsatish hamda yosh xodimlar faoliyatini monitoring qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Ayni kunlarda malakali professor-o‘qituvchilardan iborat ishchi guruhlar tomonidan joylarda o‘rganishlar olib borilmoqda. Bunda hududlarning kriminogen holati, jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan birga, ta’lim muassasasini tamomlagan yosh xodimlarning xizmat faoliyati tahlil qilinib, mavjud muammolarning yechimlariga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

– Yangi tizimning bir qator afzalliklari bor, – deydi Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti, podpolkovnik Oybek Xolmo‘minov. – Birinchi navbatda, bu orqali ta’limning amaliyot bilan bevosita uzviyligini mustahkamlashga erishiladi. Ikkinchidan, har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda amaliyotga ilmiy asoslangan yondashuvlar tatbiq qilinadi. Eng muhimi, o‘rganishlar natijalari tahlili asosida ta’lim sifati va samaradorligi oshirib boriladi.  

Aytish joizki, o‘rganishlar davomida yosh xodimlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning faoliyati, muammo va kamchiliklari, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etish masalalari, yuzaga kelayotgan turli salbiy holatlarning sabab hamda shart-sharoitlari tahlil qilinmoqda.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech