Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Amaliyot xodimi mashg‘ulot o‘tdi

23 Oktyabr 2021, 09:10

1284

IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti vakili Akademiya kunduzgi ta’lim bakalavriatining 3-bosqich kursantlariga mashg‘ulot o‘tdi.

 

Jinoyat-ijroiya huquqi fanining “Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish” mavzuida o‘tkazilgan mashg‘ulotda departamantning Tartibot boshqarmasi katta inspektori, mayor Eldor Qosimov tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash masalalariga batafsil to‘xtaldi.

Dars jarayonida kursantlar jazoni ijro etish muassasalarida rejimni tashkil etish tartibi va shartlari, mahkumlarni axloqan tuzatish, tarbiyalash va kelgusida ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish, mahkumlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, muayyan toifadagi mahkumlarni alohida saqlashning o‘ziga xos xususiyatlari, muassasa turiga qarab mahkumlarni har xil sharoitda saqlash, shuningdek jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini xalqaro huquq normalari va standartlariga moslashtirish yuzasidan zarur bilim hamda ko‘nikmalarni olishdi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech