IIV Akademiyasining sirtqi ta’lim yo‘nalishi tinglovchilari bilan “Korrupsiya: uning oqibati va oldini olish yo‘llari” mavzuiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Unda so‘z olganlar korrupsiyaning rivojlanish omillari, unga barham berish yo‘llari, korrupsiya bilan bog‘liq xatti-harakatlarning salbiy oqibatlari haqida atroflicha to‘xtalib o‘tishdi. Korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat davlat organlari yoki mansabdor shaxslari, balki barcha fuqarolarning vazifasi ekanligi, jamiyatda sog‘lom munosabatni shakllantirishga aholining yuksak huquqiy ongi va madaniyati orqali erishilishi ta’kidlandi. Bu borada hayotga tatbiq etilayotgan davlat dasturlari, ustuvor vazifa va yo‘nalishlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Tadbir davomida “Ko‘zdan kechirish tergov harakatini o‘tkazish va rasmiylashtirish tartibi” nomli o‘quv qo‘llanmaning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Qo‘llanma muallifi, Dastlabki tergov va kriminalistika kafedrasi katta o‘qituvchisi Alisher Sharafutdinov bu haqda batafsil gapirib berdi. Tinglovchilar amaliy faoliyatda uchrayotgan dolzarb masalalar bo‘yicha muallif fikr-mulohazalarini tinglab, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati