Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Alisher Navoiy” mahallasida navoiyxonlik

09 Fevral 2024, 08:02

702

Alisher Navoiyning bebaho asarlari keksa-yu yosh uchun qadrli. Bu ulkan merosdan bahramand bo‘lish insonning tafakkur olamini boyitishga xizmat qiladi.  

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi shoir nomi bilan ataluvchi mahallada ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Adabiyot kechasiga nuroniy otaxonu onaxonlar, mahalla faollari va yoshlar jam bo‘ldi.

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi dotsenti Abduvahob Xoliqov so‘z olib, shoirning hayoti va ijodiga to‘xtaldi. Navoiyni anglash, asarlarining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish jamiyatni ma’naviy yuksaklik sari yetaklashi aytib o‘tildi. 

Kecha davomida keksa avlod vakillari Navoiy g‘azallaridan tingladilar. Kursantlarning “Farhod va Shirin” dostoni asosida sahnalashtirgan chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati  

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech