IIV akademiyasida jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tumani sudining sayyor sudi o‘tkazildi.
Majlisda sud protsessi ishtirokchilari bilan birga, ta’lim muassasasining 1-bosqich kursantlari hamda Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham qatnashdi.
Shu kuni Jinoyat kodeksi 276-moddasining 1-qismi va 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxslarning xatti-harakatlariga qonun doirasida huquqiy baho berildi. Jarayonni bevosita kuzatgan kursantlar sudga qadar ish yuritish bosqichi to‘g‘risida kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Sud muhokamasidan sudyalar ishtirokida davra suhbati o‘tkazilib, unda soha mutaxassislari tomonidan jinoyat ishi yuzasidan chiqarilgan hukmning qonuniy asoslari, sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash masalalari haqida tushuncha berildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati