Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

25 Yanvar 2024, 07:01

976

Axborot-resurs markazida IIV Tashkiliy departamenti bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi. 

Tashkiliy-shtab faoliyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda mazkur ixtisoslik yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlar qatnashgan tadbirda Yuridik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Feruz Badalboyev faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari yuzasidan amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. 

* * *

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 207-sonli o‘rta umumta’lim maktabida huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi.  

Targ‘ibot tadbirini akademiyaning Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti Xayrulla Qilichev hamda iqtidorli kursantlar Azizjon Taniyev va Oygul Mamajonova olib bordi.

Uchrashuvda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati, ayniqsa yosh avlod vakillari uchun yaratib berilayotgan ulkan imkoniyatlar haqida so‘z bordi.

* * *

Avtomobil tayyorgarlik kafedrasi tomonidan “Haydovchilik madaniyati – xavfsizlik garovi” shiori ostida tadbir tashkil qilindi.

Akademiya tasarrufidagi transport ta’minoti bo‘limi xodimlari uchun o‘tkazilgan tadbirda yo‘l harakati xavfsizligi tizimidagi o‘zgarishlar, transport vositalarini boshqarish uchun qo‘yilgan talab va mezonlar, haydovchilik madaniyatiga rioya qilish yuzasidan huquqiy maslahat hamda tavsiyalar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech