Magistraturaning “tashkiliy-strategik boshqaruv” mutaxassisligida ta’lim olayotgan tinglovchilar uchun IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulot jarayonida kriminalistik vositalar, maxsus laboratoriyalarda o‘tkazilayotgan ekspertizalar, sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
* * *
Tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi qoshidagi “Yosh izquvarlar” kursantlarning ilmiy to‘garagida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” oyligi doirasida Toshkent shahar IIBB bilan hamkorlikda tashkil qilindi. Amaliyot xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, profilaktik tadbirlarni o‘tkazish usullari haqida ma’ruza qilindi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati