Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya xotin-qizlari o‘rtasida musobaqa boshlandi

04 Oktyabr 2022, 09:10

725

“Kasbiy tayyorgarlik oyligi” munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlarda ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar ham faol ishtirok etishmoqda.

Akademiya sport majmuasi mezbonlik qilayotgan musobaqada 7 ta jamoa arqon tortish, shashka, jangovar qurolni to‘liq va to‘liqsiz qismlarga ajratish hamda estafetali yugurish (400 metr) bo‘yicha bellashmoqda.

Musobaqaning dastlabki kuni kurashlarga boy o‘tib, kuchli jamoalar qimmatli ochkolarni qo‘lga kiritdi. Sport tadbiri yakunida sovrindorlar umumiy hisobda eng ko‘p ochko jamg‘argan jamoalar orasidan saralab olinadi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech