Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Akademiya hayoti bilan tanishuv

23 Aprel 2026, 20:24

83

Poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi “Yangi Buyuk Turon” nodavlat ta’lim muassasasi o‘quvchilari Yoshlar kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasi mehmoni bo‘lishdi.

“Ochiq eshiklar kuni” davomida ularga ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, bugungi kundagi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘quvchilar maskanda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, xususan, o‘quv xonalari, saf maydoni, amaliy mashg‘ulotlar hamda jangovar va jismoniy tayyorgarlik darslari o‘tkaziladigan majmualar, kursantlarning ovqatlanish va yashash sharoitlari bilan tanishdilar.

Boy adabiyotlar fondiga ega axborot-resurs markazi, o‘quv tezkor-tergov guruhlari uchun mo‘ljallangan maxsus transport vositalari, buyuk ajdodlarimiz merosini targ‘ib qilish maqsadida barpo qilingan sinfxonalar, Akademiya tarixi muzeyidan joy olgan eksponatlar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir so‘nggida ochiq muloqot tashkil qilindi. O‘quvchilar akademiya faoliyatiga bag‘ishlangan videorolikni tomosha qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech