Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademik litseylarda seminar-trening tashkil etildi

28 Yanvar 2022, 06:01

1573

IIV Akademiyasining Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti tomonidan vazirlik qoshidagi 1- va 2-sonli akademik litseylarda seminar-trening o‘tkazildi. 

Seminar-treningda ilmiy-tadqiqot faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, tadqiqotchilikka qo‘yilgan talablar, dissertatsiya ishlarini amaliyotga joriy qilish istiqbollari xususida fikr almashildi. Mazkur yo‘nalishda Akademiyada amalga oshirilayotgan ishlar multimediali taqdimot tarzida namoyish qilindi.

Idoraviy akademik litseylarda ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quv jarayoniga ilmiy-innovatsion faoliyatni keng tatbiq etish, yosh o‘qituvchi-pedagoglarning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan mashg‘ulotlar tadbir qatnashchilarida alohida qiziqish uyg‘otdi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech