Saxovat ulashish xalqimizga xos fazilat. Ayniqsa inson salomatligini asrab-avaylash yo‘lida qilingan xayrli ishning bahosi cheksiz.
Bugun Ichki ishlar vazirligi akademiyasida donorlik aksiyasi o‘tkazildi. “Inson qadri – aziz, sog‘ligi – bebaho!” shiori ostida tashkil qilingan tadbirda soha xodimlari ixtiyoriy tarzda faol ishtirok etdilar.
Respublika qon quyish markazi xodimlarining aytishicha, qon olish jarayoni satinariya-gigiyena talablariga rioya qilingan holda amalga oshirildi. Osoyishtalik posbonlarining ezgu ishda tashabbus ko‘rsatayotgani xalqimiz sihat-salomatligini mustahkamlash, ayniqsa og‘ir xastalikka chalingan bemorlarning hayotini saqlab qolishga munosib hissa bo‘lib qo‘shiladi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati