Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha ichki ishlar vaziri kubogi uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Ichki ishlar vazirligi tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalaridan 19 ta jamoa qatnashgan musobaqada IIV akademiyasi vakillari ham sovrindorlar qatorida joy oldi.
Shveysarcha tizim asosida o‘tgan bahslarda vakillarimiz 21 ta partiyaning 15 tasida g‘alaba qozonib, umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘lishdi. G‘oliblik Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamentiga nasib o‘tgan bo‘lsa, Jazoni ijro etish departamenti o‘chinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning yakkalik bahslari ham jamoamiz uchun omadli keldi. Kursantimiz Xurshidbek Rahimov raqiblari bilan munosib dona surib, yakunda shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. G‘olib va sovrindorlarga kubog, medal, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati