Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Axborot-tahlil faoliyati – samaradorlik omili

19 Yanvar 2026, 20:12

108

12–17-yanvar kunlari IIV akademiyasida Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi bilan hamkorlikda o‘quv kursi tashkil qilindi.

Ma’lumki, davlat organlari tizimida axborot-tahlil ishining samarali yo‘lga qo‘yilgani islohotlar natijadorligini ta’minlaydi. Magistratura tinglovchilari uchun tashkil qilingan o‘quv kursi ham ichki ishlar organlarida axborot-tahlil faoliyatini takomillashtirish, rahbar kadrlarning salohiyatini oshirishga qaratildi.

Bir haftalik o‘quv kursi davomida oliy maktabning yetuk salohiyatli professor-o‘qituvchilari tomonidan axborot-tahlil ishini samarali tashkil etish, axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashning talablari, axborot-tahlil faoliyatida internet imkoniyatlaridan foydalanish, axborot va sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida ko‘rgazmali ma’lumotlarni tahlil qilish kabi yo‘nalishlarda interfaol mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

“Tashkiliy-strategik boshqaruv” va “tashkiliy-taktik boshqaruv” mutaxassislik yo‘nalishi tinglovchilari axborot-tahlil faoliyatini zamonaviy yondashuvlar asosida olib borish, axborotni yig‘ish, tahlil qilish va baholash, shu asosda strategik qarorlar qabul qilish bo‘yicha zarur bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech