IIV akademiyasida taniqli adib, yuridik olim, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Komil Sindarov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ijodkorning umr yo‘li, serqirra faoliyati, adabiyotning inson tarbiyasidagi o‘rni, jamiyatimizda kitobxonlikka qaratilayotgan e’tibor haqida so‘z bordi.
Uchrashuv mehmoni yig‘ilganlarga yuzlanar ekan, ustozlaridan olgan saboqlari, ko‘p yillik mehnatlari ortidan to‘plagan boy tajribasi, ilm bobida erishgan yutuqlari, yozuvchilikka qo‘ygan ilk qadamlari, detektiv janrida ijod qilishning o‘ziga xos jihatlari, hayotidagi qiziq voqealar xususida gapirib berdi.
Kitoblarining aksariyati hayotiy voqealar, ko‘rgan va bilganlariga tayanib yozilgani, o‘quvchi uchun sodda va ravon tilda ekanligini ta’kidlab, bugungi yoshlar orasida detektiv janriga ishtiyoqmand kitobxonlarning ko‘payib borayotgani unga yangi kuch va ilhom bag‘ishlashini aytib o‘tdi.
Tadbir maroqli suhbat va savol-javoblar bilan davom etdi. Yozuvchi har bir inson ona yurtining tarixi, adabiyotini mukammal bilishi, yuksak cho‘qqi va marralarga erishish, oilada ma’naviy qadriyatlarni mustahkam qaror toptirish uchun kitob o‘qishni kanda qilmasligini alohida qayd etib o‘tdi. Akademiyadagi muxlislariga kitoblaridan tuhfa qildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati