Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Oliy Majlis deputati muammolarning yechimlariga to‘xtaldi

19 Noyabr 2021, 02:11

1642

IIV Akademiyasida ichki ishlar organlarining jinoyatga oid murojaatlarni ko‘rib chiqish faoliyatini takomillashtirish istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda IIV Tashkiliy departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Dastlabki tergov va kriminalistika kafedrasi professor-o‘qituvchilari, “tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlar ishtirok etdi. 

Qayd qilinganidek, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qavrovli islohotlar natijasida xalq bilan muloqot qilish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning samarali mexanizmlari hayotimizga tabiq etilmoqda. Bu borada yangi tahrirda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilingani mustahkam huquqiy asos vazifasini o‘tamoqda. Biroq jamiyatda kechayotgan o‘zgarishlar murojaatlar bilan ishlash amaliyotini zamon talablariga mos yanada takomillashtirishni ham taqozo etayotgani tabiiy. Zero, tizim samaradorligini oshirish davlat organlarning fuqarolar oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Davra suhbatida Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev so‘z olib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda amaliyotda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar, sohaga elektron tizimni keng joriy qilish, jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibini yanada takomillashtirish masalalariga to‘xtaldi.

Ochiq muloqotda IIV Tashkiliy departamentining Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik O.Jo‘raboyev, Farg‘ona viloyati IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, mayor S.Yuldashev, Dastlabki tergov va kriminalistika kafedrasi kata o‘qituvchisi A.Sharofutdinov va boshqalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ichki ishlar organlarida murojaatlar bilan ishlashning samarali mexanizmlarini joriy qilishning afzalliklari atroflicha tushuntirib o‘tildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech