Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Barcha islohotlar inson qadrini yuksaltirish uchun

27 Oktyabr 2023, 09:10

805

IIV Akademiyasida ichki ishlar organlari xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlangan tadbir avvalida ichki ishlar organlarini xalqchil tuzilmaga aylantirish maqsadida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar e’tirof etib o‘tildi.

Darhaqiqat, keyingi yillarda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida tizim faoliyati “inson qadri uchun” degan ezgu tamoyil asosida tubdan isloh qilindi. Jinoyatchilik jilovlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ayniqsa mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha samarali yondashuvlar amaliyotga joriy qilindi. Shu bilan birga, soha uchun professional kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimi yaratildi.

Tadbirda tizimga qaratilayotgan e’tibor samarasida erishilayotgan ijobiy natijalar, Prezidentimizning soha xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigida e’tirof etilgan ustuvor jihatlar, muhim yo‘nalish va vazifalar ta’kidlab o‘tildi.

– Ichki ishlar organlarida xizmat qilish nafaqat yetuk bilim va salohiyat, balki vatanparvarlik, mardlik, fidoyilik singari fazilatlarni talab qiladi. Soha xodimlari o‘z hayotlarini garovga qo‘yib bo‘lsa-da, el-yurt tinchligi yo‘lida sharafli burchlarini ado etadilar. Ularning matonatli xizmati tufayli jamiyatimizda o‘zaro hamjihatlik, xotirjamlik, obodlik hukm surmoqda, – dedi Akademiya boshlig‘i.

Shu kuni ta’lim samaradorligini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh xodimlarga Ichki ishlar vazirligining idoraviy mukofotlari tantanali ruhda topshirildi. Vatan, tinchlik, burch, matonat va farovon hayotimizni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech