O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hududida davlat-xususiy sheriklik asosida mehmonxona binosini kapital taʼmirlash, jihozlash va binodan foydalanishni tashkil etish uchun tender (tanlov savdolari) eʼlon qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi barcha manfaatdor tomonlarni Loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida maʼlum qilish taklifini taqdim etishlarini so‘raydi. Xususiy sherik mamlakatdagi o‘sib borayotgan bozordan manfaat ko‘radi hamda mamlakatda amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan birida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi "Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi 259-sonli qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
Takliflar: info@akadmvd.uz elektron manzilida 2022-yil 20-sentyabrga qadar qabul qilinadi.
Qo‘shimcha maʼlumotlar olish uchun manzil: Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Intizor ko‘chasi 68-uy. Tel: (71)-239-46-13
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi