2021-yilning 26-noyabr kuni IIV Akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Ilmiy seminar majlisida Akademiyasi izlanuvchilari E.U.Azizovning “12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligidan yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Ichki ishlar organlarida qonunlar ijrosini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi hamda T.X. Altmishevning “12.00.14 – Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya faoliyati” ixtisosligidan yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Axloq tuzatish ishlari jazosining ijrosini takomillashtirish (probatsiya faoliyati tahlili asosida)” mavzusidagi dissertatsiya ishlari muhokama qilinadi.
Majlis Akademiya Axborot-resurs markazining Ilmiy kengash va dissertatsiyalar himoyasi xonasida, soat 14:30 da boshlanadi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati