Joriy yilning 11–14-may kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ichki ishlar organlari xodimlarining chet tillarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihonlarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Unda birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan Ichki ishlar vazirligining Markaziy apparati, ta’lim muassasalari va hududiy ichki ishlar organlari xodimlari og‘zaki suhbat (“tinglab tushunish”, “o‘qish”, “gapirish”, “yozish”) shaklida imtihon topshiradilar.
Imtihonlar soat 14-00 dan boshlanadi.
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 8-uy.
Mo‘ljal: Oqtepa aylanmasi.
IIV Akademiyasining
Chet tillar markazi