Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Zukko va bilimdonlar bahsi

02 Iyun 2025, 03:06

111

Ichki ishlar organlarida “Yoshlar oyligi” munosabati bilan IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari va xodimlari “Zakovat”da bellashdilar.

“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan intellektual o‘yinda 26 ta jamoa qatnashdi. Bellashuv davomida jamoalarga 20 ta savol yo‘llandi.

Bilimlar bahsi yakunida IIOning ma’muriy faoliyati kafedrasi jamoasi birinchi, Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi jamoasi ikkinchi, Kriminologiya kafedrasi jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

Tadbir ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ishtirokchilarning bilim darajasi va intellektual qobiliyatini oshirish, mustaqil fikrlaydigan, zukko va faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech