Köp asrlik aloqalar, işonçli birodarlik va strategik şeriklik Özbekiston – Janubiy Koreya munosabatlarining mustahkam asosini taşkil etadi. Ikki mamlakat örtasidagi riştalar bugun yuqori darajada rivojlanib bormoqda.
26-noyabr kuni Içki işlar vazirligi akademiyasi boşliği Rustam Xatamov Koreya milliy politsiya universiteti prezidenti janob Li Çyol Gu boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Muzokaralar kun tartibidan hamkorlik aloqalarini rivojlantirişning dolzarb masalalari örin oldi.
Qayd etilganidek, Özbekiston va Koreya Respublikalari örtasidagi muştarak aloqalar ildizi uzoq tarixga ega. Davlatlarimiz köp qirrali hamkorlikni mustahkamlaş va zamonaviy taraqqiyotning rivojlaniş tendensiyalarini qöllab-quvvatlaş tarafdori. Özaro manfaatli munosabatlar murakkab pandemiya şaroitiga qaramasdan, barqaror rivojlanişda davom etmoqda. Joriy yilning özida Seul va Toşkentda yuqori darajadagi uçraşuvlar taşkil etilib, qator muhim yönalişlar böyiça istiqbolli kelişuvlarga erişildi.
Ta’lim muassasalari rahbarlari bir-birlarini qutlar ekan, munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqiçga kötarişdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidladilar.
– Özbek va koreys xalqlarini tarix sinovidan ötgan mustahkam aloqalar boğlab turadi. Koreya Respublikasi jahonning yuksak taraqqiy etgan va ulkan salohiyatga ega davlatlaridan biri. Mamlakat köplab sohalar qatori, innovatsion ta’lim sohasida ham ilğor tajribalarni qöllab kelmoqda. Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirişdan közlagan asosiy maqsadimiz içki işlar organlari uçun kadrlar tayyorlaşda Koreya milliy tajribasining öziga xos yutuqlarini örganib, amaliyotga tatbiq etişdir. Bu borada koreyalik hamkorlarimizda qiziqiş yuqori va biz buni qadrlaymiz, – dedi IIV Akademiyasi boşliği, polkovnik Rustam Xatamov.
Koreya milliy politsiya universiteti prezidenti janob Li Çyol Gu samimiy muloqot uçun minnatdorlik bildirgan holda xalqlarimiz örtasidagi asriy aloqalarni yuksak darajada qadrlaşini aytib ötdi. Martabali mehmonning e’tirofiça, Özbekiston zaminida ilm-fan qadim-qadimdan ravnaq topgan. Bugungi Yangi Özbekiston ötmişi boy va kelajagi porloq mamlakat sifatida taraqqiyotning öziga xos yölidan jadal yuksalib bormoqda. Mamlakatda davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev boşçiligida amalga oşirilayotgan xalqçil siyosat özining ijobiy natijalarini körsatayapti.
Konstruktiv va oçiq ruhda ötgan muzokara jarayonida yaqin istiqboldagi rejalar, xususan, ta’lim muassasalari örtasidagi anglaşuv memorandumi hamda “yöl xaritasi”da belgilangan çora-tadbirlarning amaliy natijasi haqida fikr almaşildi. Unga köra, 2021/2022-öquv yili davomida özbekistonlik professor-öqituvçilar uçun Koreya milliy politsiya universitetida jamoat tartibini saqlaş va xavfsizlikni ta’minlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, huquqbuzarliklar profilaktikasi, xavfsiz turizm, IT texnologiyalar, kiberjinoyatlarni foş etiş va tergov qiliş kabi yönalişlarda malaka oşiriş kurslari taşkil etiladi. Tomonlar Janubiy koreyalik malakali mutaxassislarni uzoq muddatga IIV Akademiyasiga tajriba almaşiş uçun yuboriş, almaşuv (paritet) asosida kursantlarni öqitiş, zamonaviy global tahdidlarning oldini olişga yönaltirilgan master-klass maşğulotlarini taşkil etiş, axborot texnologiyalari, ilmiy-texnikaviy va intellektual hamkorlikni yölga qöyiş, madaniy aloqalarni kengaytiriş borasida bir-birlarini qöllab-quvvatladilar.
Şu kuni delegatsiya a’zolari Akademiyaning huquqni muhofaza qiluvçi organlar uçun kadrlar tayyorlaş salohiyati bilan yaqindan tanişdilar. Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Akademiya tarixi muzeyi, sport inşootlari, Axborot-resurs markazi, “Turon qoploni Jaloliddin Manguberdi” va “Buyuk sohibqiron Amir Temur” xonalari mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi. Janob Li Çyol Gu ta’lim samaradorligini oşiriş maqsadida öquv tezkor-tergov guruhlari uçun maxsus jihozlangan avtobuslarni közdan keçirib, nazariya va amaliyot uyğunligini ta’minlaşning öziga xos yondaşuviga yuqori baho berdi.
– Amir Temur şaxsi, uning markazlaşgan davlat barpo etiş yölidagi sa’y-harakatlari, xususan, köhna Samarqandni ilm-fan markaziga aylantirgani haqida köp ma’lumotlarga egaman. Bugun dunyoning ayrim mamlakatlarida Amir Temurning jang qiliş san’ati öqitib kelinmoqda. “Temur tuzuklari” kitobining tört tilda naşr etilgan nusxasi men uçun qadrli tuhfa böldi. Buyuk ajdodlaringiz qoldirgan ulkan meros yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşi beqiyos, – dedi martabali mehmon.
Kunning ikkinçi yarmida koreyalik mutaxassislar tomonidan Akademiya kursantlari va professor-öqituvçilari uçun master-klass maşğulotlari ötkazildi. Unda “Politsiya faoliyatining umumiy tamoyillari”, “Profayling, jinoyatçi psixologiyasi psixologik tamoyillari va asoslarini qöllaş”, “Jinoyatlarni oldini oliş va tergov qilişda dron qurilmalardan foydalaniş”, “Jinoyatlarni tergov qilişda barmoq izlari, DNK, izlarni tahlil qiliş usullari” mavzuida Koreya tajribasida qöllanilayotgan ilğor yondaşuvlar multimediali taqdimot tarzida tuşuntirib ötildi.
Delegatsiya a’zalarining taşrifi davom etmoqda.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati