Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yuz bilan yuzlashgan onaxondan xabar olindi

5 May 2026, 21:21

25

Mahallalarda xavfsiz va barqaror muhitni yaratishda yurtdoshlarimizni qiynab kelayotgan masalalarni hal etish, ularga har tomonlama ko‘mak berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistraturasi tinglovchilari Chilonzor tumanining “Bog‘zor” mahallasida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Antonina Kolominseva xonadonida bo‘lishdi.

Shu kuni mahalla faollari bilan birgalikda urush faxriysining holidan xabar olinib, oilasidagi muammolar o‘rganildi. Antonina Kolominseva front yillari ko‘rgan-kechirganlari, ko‘p yillik mehnat faoliyati haqida so‘zlab berdi. Yurtimizda inson qadrini ulug‘lash yo‘lida amalga oshirilayotgan xayrli ishlarni e’tirof etib, bugungi tinch-omon kunlar uchun minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuv bahonasida xonadon egasidan ehtiyojlari so‘raldi. Mahalladagi keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech