Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yurtimiz pahlavonlari Chirchiqda jam bo‘ldi

07 Aprel 2025, 08:04

149

Toshkent viloyatida bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mezbonlik qilgan musobaqada yoshlar, kattalar va faxriylardan iborat 200 dan ortiq pahlavonlar g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Chempionatning tosh ko‘tarish bahslari IIV akademiyasi vakillari uchun omadli yakunlandi. Jamoamiz a’zolaridan kursant M. Bahodirov (95 kg) kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, A. Yusupov (78 kg), J. Muxtorjonov (85 kg), Sh. Baxtiyorov (95 kg) va Sh. Xudoynazarovga (+95 kg) bronza medallar nasib qildi. Shuningdek, yana bir vakilimiz, Jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi dotsenti, kapitan A. Mirzayev (73 kg) faxriylar o‘rtasida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Sovrindorlar O‘zbekiston bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish federatsiyasi va boshqa tashkilotlar tomonidan munosib taqdirlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech