Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yoshlarimiz O‘zbekiston chempioni bo‘ldi

25 Fevral 2025, 07:02

80

Poytaxtimizdagi “JAR” sport majmuasida jit-kun-do bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Unda yurtimizning turli hududlaridan kelgan sport ustalari bilan birga, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ular tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari vakillari ham qatnashdi.

Mamlakat birinchiligining o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarida IIV akademiyasi kursantlari ham munosib ishtirok etishdi. Jamoamiz a’zolaridan D. Elov, A. Ataxanov, B. Doniyorov va M. Davurov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medallarga sazovor bo‘lishdi.

Bundan tashqari, jit-kun-do sport turini yanada ommalashtirishga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun IIV akademiyasi federatsiyaning maxsus sovrini bilan taqdirlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech