Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat qilishdi.
Ushbu markaz yurtimizning boy tarixi, buyuk ajdodlarimizning bebaho ilmiy merosi, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasini namoyon yutuvchi majmua sanaladi. Shu bois, maskan faoliyati bilan tanishish kishiga ma’rifat ulashibgina qolmay, o‘shmishdan faxrlanish hissini uyg‘otadi.
Galdagi sayohat ham shu jihati bilan ahamiyati bo‘ldi. Kursantlar markazdan o‘rin olgan noyob durdonalarni ko‘zdan kechirib, buyuk ajdodlarimizning teran ilmi va tafakkuri bilan bunyod bo‘lgan, asrlar osha o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelayotgan ma’naviy xazinadan bahramand bo‘ldilar.
Eng muhimi, yosh avlod vakillarida milliy o‘zlikni anglash, shonli tariximizni ulug‘lash, ona Vatanga mehr va sadoqat bilan xizmat qilish, boy merosimizni kelgusi avlodlarga yetkazish tuyg‘usi jo‘sh urdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati