Bu yilgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida yoshlar qanchalik faol ishtirok etadilar? Ular o‘z huquqlari va saylov qonunchiligi haqida nimalarni bilishadi?
“Yosh saylovchi – 2021” targ‘ibot aksiyasi doirasida Ichki ishlar vazirligi akademiyasida o‘tkazilayotgan tadbirlar kursant yoshlarning siyosiy bilimi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Galdagi uchrashuvda bo‘lajak siyosiy tadbirning ahamiyati, saylov jarayonida yoshlarning ishtiroki, saylov qonunchiligida o‘z aksini topgan yangiliklar, aholining elektoral madaniyatini oshirishda targ‘ibot tadbirlaridan unumli foydalanish borasida qizg‘in fikr almashildi.
So‘zga chiqqanlar saylov va siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlarida ko‘zlangan asosiy maqsadlar haqida tushunchalar berdilar. 24 oktabr kungi prezidentlik saylovi muhim siyosiy tadbir ekanligi, saylov yoshiga yetgan fuqarolar unda faol ishtirok etib, mamlakat taqdiriga daxldorliklarini amalda namoyon etishlari borasida tavsiyalar aytildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati