Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yoshlar taqdiri – millatning ertasi

19 Mart 2026, 13:50

64

Yoshlar kuni munosabati bilan IIV akademiyasi magistraturasi tinglovchilari tomonidan targ‘ibot tadbirlari tashkil qilindi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masalalari xususida so‘z bordi.

Akademiya vakillari chiqish qilib, o‘quvchi va talabalar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning asl omillari, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan illatlarga to‘xtalib o‘tishdi. Bugungi kunda ayrim yoshlar psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarga berilib qolayotgani, internet tarmog‘i bunday vositalarning yashirin yo‘llar bilan tarqalishida asosiy vosita bo‘layotgani aytib o‘tildi.

Uchrashuv davomida sintetik giyohvandik vositalari va psixotrop moddalarning inson salomatligiga salbiy ta’siri, ularning ayanchli oqibatlari hayotiy misollar orqali tushuntirildi. Yoshlarni narkojinoyatlardan asrashda ota-onalar va ta’lim muassasalari masu’llari oldida turgan dolzarb vazifalar yetkazilib, talabalarga huquqiy maslahatlar berildi.

Xuddi shunday tadbir poytaxtimizdagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida ham bo‘lib o‘tdi. Unda axborot texnologiyalari yordamida sodir qilinayotgan jinoyatlar, ularning yangi ko‘rinishlari, oldini olish choralari, kiberjinoyatlarda yoshlarning ulushi haqida ma’lumotlar berildi.

Qonunchiligimizda har qanday huquqbuzarlik uchun qat’iy javobgarlik belgilangani aytilib, internetdan xavfsiz va to‘g‘ri maqsadda foydalanish yuzasidan yoshlar ogohlikka chaqirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech