Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yoshlar shonli o‘tmishga sayohat qildi

18 Sentyabr 2026, 22:11

31

Muzeylar o‘tmish va bugunni bog‘lovchi, yosh avlodni tarixiy xotira va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalovchi maskandir.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga qabul qilingan 1-o‘quv kursi kursantlari uchun o‘quv dargohi muzeyiga sayohat uyushtirildi.

Madaniy-ma’rifiy tadbir yoshlarni akademiyaning shonli tarixi bilan yaqindan tanishtirish, ular qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik va kasbga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash tashkil qilindi.

Sayohat davomida kursantlarga akademiyaning negizi sifatida faoliyat ko‘rsatgan Toshkent o‘rta maxsus va oliy militsiya maktablari, ularning rivojlanish bosqichlari, turli yillar mobaynida ushbu maskanlarda ishlagan insonlar, mustaqillik yillari akademiya hayotida ro‘y bergan ulkan o‘zgarishlar, kadrlar tayyorlash jarayonlari haqida ma’lumot berildi.

Yoshlar muzeydan o‘rin olgan eksponatlarni ko‘zdan kechirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish barobarida, boy taassurotga ega bo‘lishdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech