Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yoshlar immunitetini mustahkamlash – asosiy vazifamiz

12 Mart 2026, 20:51

54

IIV akademiyasi tashabbusi bilan poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 208-son umumta’lim maktabida huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi.

Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbir o‘quvchilarni kibermakondagi tahdid va xatarlardan ogoh etish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratildi.

Tadbirda axborot xurujlarining salbiy ta’sirlari, internet orqali jamiyatimizga kirib kelayotgan turli illatlar, yoshlar jinoyatchiligiga sabab bo‘layotgan asosiy omillar, mafkuraviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish yo‘llari, yoshlarda barqaror ma’naviy immunitetni shakllantirish masalalari haqida so‘z bordi.

Ochiq axborot makoni maktab yoshidagi ko‘pchilik o‘smirlar ongiga aks ta’sir ko‘rsatayotgani, kibermadaniyatning yetishmasligi sabab yoshlar jinoyatchilik ko‘chasiga kirib qolayotgani, ularning huquqiy ongini yuksaltirish ustuvor vazifalardan ekanligi ta’kidlandi.

Tadbirda internet tarmog‘ining ijobiy tomonlari bilan birga, buzg‘unchilik, zo‘ravonlik, axloqsizlik, loqaydlikni targ‘ib qiluvchi salbiy jihatlari, g‘oyaviy xurujlardan himoyalanish yo‘llari, onlayn qimor o‘yinlari, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan muomala qilishning ijtimoiy-huquqiy oqibatlari tushuntirib o‘tildi. O‘quvchilarga maslahat va tavsiyalar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech