Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti bilan hamkorlikda Ichki ishlar vazirligi akademiyasining yosh pedagoglari uchun master-klass mashg‘uloti tashkil etildi.
“Ustozlik mas’uliyati va maҳorati” mavzuidagi maҳorat darsini universitet dotsenti, taniqli jurnalist va notiq To‘lqin Eshbek olib bordi. Master-klass davomida ta’lim tizimidagi yangilanishlar, xususan, zamonaviy pedagog xodimlar oldidagi muҳim vazifalar, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, kadrlar tayyorlashda innovatsion texnologiyalar va xorij tajribasidan samarali foydalanishning muҳim jiҳatlari ҳaqida fikr almashildi.
Notiq ko‘p yillik faoliyati va izlanishlari samarasi o‘laroq, yosh pedagoglarning kasbiy fazilatlarini yuksaltirishga xizmat qiluvchi tavsiyalarini o‘rtoqlashdi. Mashg‘ulotda ichki ishlar organlaridagi faoliyatini Akademiyada davom ettirayotgan oqituvchilar ham ishtirok etishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati