IIV akademiyasida “Ibrat farzandlari” loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda xorijiy tillarni o‘rganishga qiziquvchi yoshlar uchun yaratilgan loyiha va uning imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, xorijiy tillar bo‘yicha bilimlarini oshirishni maqsad qildilar.
* * *
IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi tomonidan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari akademik litseylarida uchrashuv o‘tkazildi.
Ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, o‘quvchilar va ota-onalar ishtirok etgan tadbirda o‘qishga kiritish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holatlarning ayanchli oqibatlari tushuntirilib, yig‘ilganlar ogohlikka chorlandi.
* * *
IIV akademiyasi kursantlarining mediasavodxonligini oshirish maqsadida mashg‘ulot o‘tkazildi.
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o‘qituvchisi Shohrux Qosimov taklif qilingan mashg‘ulotda OAVlariga intervyu berishning o‘ziga xos jihatlari, mediasavodxonlik ko‘nikmalarini oshirish, jurnalist va blogerlar bilan muloqot qilish usullari yoritildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati