Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti hamda Central Asian University ta’lim muassasasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Professor-o‘qituvchilar, talabalar va hududiy ichki ishlar organlari vakillari qatnashgan uchrashuvlarda IIV akademiyasi magistratura tinglovchilari so‘zga chiqib, yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar va ularning barvaqt oldini olish omillari haqida ma’ruza qildilar.
* * *
IIV akademiyasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil qilindi.
Tadbir davomida o‘quvchilar axborot-resurs markazi, o‘quv binosi, saf maydoni, sport majmuasi hamda ma’naviyat va ma’rifat maskanida bo‘lib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Shuningdek, harbiy tayyorgarlik fani doirasida tashkil qilingan ko‘rgazmani tomosha qildilar.
* * *
Poytaxtimizda qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Nomdor sportchilar qatnashgan musobaqaning har bir vazn toifasidagi bahslari qizg‘in o‘tdi. IIV akademiyasi katta o‘qituvchisi, kapitan Muxtor Yetmishboyev (88 kg) musobaqa davomida barcha raqiblarini mag‘lub etib, O‘zbekiston chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi.
* * *
IIV akademiyasi tashabbusi bilan Yangiyo‘l shahridagi 1-son ixtisoslashgan davlat umuta’lim maktabida “Zakovat” o‘yini o‘tkazildi.
Maktab faollari bilan hamkorlikda tashkil qilingan intellektual o‘yinda 12 ta jamoa ishtirok etdi. Qiziqarli ruhda o‘tgan bellashuv so‘nggida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar hamda eng faol o‘quvchilar kitoblar bilan taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati