Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida ma’rifatparvar adib Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Shu kuni IIV akademiyasi kursantlari va P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi o‘quvchilari o‘zlari chizgan rasmlarni namoyish etdilar. Behbudiyning jadidchilik faoliyati aks etgan suratlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
* * *
IIV akademiyasida xodimlar va tinglovchi-kursantlar uchun donorlik aksiyasi tashkil qilindi.
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, donorlikni rivojlantirish, qonga muhtoj bemorlarni qo‘llab-quvatlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda 150 nafardan ortiq ko‘ngilli qatnashdi.Tibbiyot mutaxassislari tomonidan donorlikning foydali tomonlari haqida tushuntirishlar olib borildi.
* * *
Poytaxtimizda IIV tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Vazir kubogi uchun kechgan qiziqarli bahslar yakunida Qorovul qo‘shinlari birinchi, IIV akademiyasi ikkinchi, Andijon viloyati IIB jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, estafetali yugurish bo‘yicha 4 nafar kursantimiz shaxsiy hisobda ikkinchi natijani qayd etdi.
G‘olib va sovrindorlar kubok, medal, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati