Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yangiliklar qisqa satrlarda

07 Aprel 2025, 09:04

149

Ichki ishlar organlarida “Ma’naviyat oyligi” doirasida IIV akademiyasi kursantlari tizim tarixi muzeyiga bordilar.

Tarviyaviy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlarning vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, kasbiga bo‘lgan sadoqatini kuchaytirish maqsadida tashkil qilingan tadbir davomida kursantlar mamlakatimiz ichki ishlar organlari tarixi haqida boy ma’lumotga ega bo‘ldilar.

* * *

IIV akademiyasida Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari va kursantlar ishtirokida muloqot tashkil qilindi.

Ta’lim sifatini oshirish maqsadida o‘tkazilgan tadbir kursantlarning mehnatga oid munosabatlar va nizolarni hal qilish yuzasidan bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.

* * *

IIV akademiyasi magistrlari uchun Huquqni muhofaaza qilish akademiyasida mashg‘ulotlar tashkil qilindi.

Tinglovchilar “IIOlarida qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratining o‘ziga xos xususiyatlari” hamda “Raqamli kriminalistika, raqamli dalillarni qayd etish, mobil qurilmalar kriminalistikasi” mavzusida mahorat mashg‘ulotlarida qatnashib, o‘quv jarayonidagi yangilanishlar bilan tanishdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech