Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yangiliklar qisqa satrlarda

22 Yanvar 2026, 17:45

76

IIV akademiyasi kursantlari spektakl tomoshasiga bordi.

Shu kuni yoshlar O‘zbek milliy akademik drama teatrida “Taqdir sinovlari” spektaklini tomosha qildi. Taniqli dramaturg Qo‘chqor Norqobil asari asosida sahnalashtirilgan spektakl halol va vijdonli bo‘lishni targ‘ib qilgani bilan tarbiyaviy ahamiyat kasb etdi.

* * *

Poytaxtimizdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda IIV akademiyasining Ma’muriy huquq kafedrasi dotsenti Abdullo Nasilloyev so‘zga chiqib, bugungi kunda yoshlar orasida ko‘p sodir etilayotgan narkojinoyatlarga to‘xtaldi. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish uchun belgilangan javobgarlik masalalarini tushuntirib, talabalarga kerakli tavsiyalar berdi.

* * *

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Amaliy fanlar fakultetida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda fakultet dekan muovini M. Muhiddinov, IIV akademiyasi katta o‘qituvchisi I. Haydarov so‘z olib, insonning o‘z Vatani oldidagi burch va mas’uliyati, yurt himoyasi yo‘lida xizmat qilayotgan posbonlarning sharafli faoliyati, tinchlik va osoyishtalikning ahamiyati haqida talabalarga ma’ruza qildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech