IIV akademiyasida “Yuridik fan va huquqiy ta’lim rivojlanişining zamonaviy tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Gibrid formatda ötkazilgan tadbirda manfaatdor idora va taşkilotlar, şuningdek mamlakatimiz hamda Xitoy, Rossiya, Qozoğiston, Tojikiston kabi davlatlarning yigirmadan ziyod ixtisoslaşgan oliy ta’lim muassasalari vakillari qatnaşdi.
Konferensiyada yuridik fan va ta’lim oldida turgan dolzarb muammolar, ularning yeçimlari va zamonaviy tendensiyalari, bu borada ilğor xorijiy tajribalarni örganiş, ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş masalalari qizğin muhokama qilindi.
Olimlarning “Huquqiy ta’limda sun’iy intellektni qöllaşning ayrim jihatlari”, “Globallaşuv şaroitida yuridik fan va huquq ta’limining transformatsiyasi”, “Yangi Özbekistonda malakali sudyalar korpusini şakllantirişning zamonaviy tendensiyalari”, “Huquq sohasida ilmiy tadqiqotlarni taşkil etişning dolzarb masalalari”, “Huquqiy ta’limda yuridik til va terminologiya” hamda boşqa dolzarb mavzudagi ma’ruzalari tinglandi.
Yalpi majlis va sessiyalar tarzida ötgan konferensiya davomida Yangi Özbekiston şaroitida yuridik fan va ta’limni rivojlantirişning zamonaviy mexanizmlarini amaliyotga joriy etişga qaratilgan muhim taklif hamda tavsiyalar bildirildi. Iştirokçilar konferensiya natijalari asosida töplam tayyorlaş va ilğor yondaşuvlarni ommalaştirişga kelişib oldilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati