Bosh qomusimiz qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan IIV Akademiyasi kunduzgi ta’lim kursantlari o‘rtasida diktant yozish tanlovi o‘tkazildi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yurtga daxldor, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan tadbirda kursantlar faol qatnashdi.
Ijodiy tanlov yakunida birinchi o‘rinni 1-o‘quv kursi kursanti Nurmuhammad Burxoniddinov, ikkinchi o‘rinni 3-o‘quv kursi kursanti Oygul Mamajonova hamda uchinchi o‘rinni 2-o‘quv kursi kursanti Islombek Navro‘zov egalladi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati