Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yangi o‘quv yilida yangi vazifalar belgilab olindi

9 Sentyabr 2026, 20:55

48

IIV akademiyasining Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakultetida yangi o‘quv yili munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, kursantlar ishtirokida o‘tgan tadbirda joriy o‘quv yilining ustuvor maqsad va vazifalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirda ta’lim jarayonlari bilan bog‘liq asosiy yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida o‘qitishning ilg‘or yondashuvlarini keng tatbiq etish borasidagi keng qamrovli ishlar izchil davom ettirilishi aytib o‘tildi. Shu bilan birga, fakultetda o‘qishni xohlagan yoshlar safi tobora ko‘payib borayotgani, joriy o‘quv yilida ham o‘nlab yoshlar ana shunday imkoniyatga ega bo‘lgani qayd etildi.   

Muloqot davomida ta’lim oluvchilarga qo‘yilayotgan dolzarb talablar yetkazildi. Barcha sohalar singari ichki ishlar organlari faoliyatini zamon talablari darajasida tashkil etish kadrlarning kasbiy salohiyatiga bog‘liq ekanligi ta’kidlandi. Shundan kelib chiqib, kursantlarga bilim va amaliy ko‘nikmalarni mukammal o‘zlashtirish, o‘quv va xizmat intizomiga qat’iy rioya etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida akademiya hayotiga so‘nggi yangilanishlarga oid videorolik namoyish etildi. Kursantlar so‘z olib, sifatli ta’lim olishlari va o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun yaratib berilgan qulay va zamonaviy imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech