Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yakuniy imtihonlar bo‘lib o‘tdi

15 May 2026, 18:02

96

11–14-may kunlari IIV akademiyasining Sirtqi ta’lim fakultetida yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tinglovchilar ixtisoslik hamda ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyati va xizmat intizomi fanlaridan imtihon topshirdilar.

Imtihonlar Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari vakillari, malakali mutaxassislar, shuningdek IIV akademiyasi hamda boshqa yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilaridan iborat komissiyalar tomonidan qabul qilindi.

Yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilar “huquqbuzarliklarni oldini olish va fosh etish faoliyati” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha “yurist” malakasini beruvchi bakalavrlik diplomiga ega bo‘ladi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech