Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yagona tergov axborot tizimi qanday samara berayapti?

16 Iyun 2023, 03:06

923

IIV Akademiyasida ayni mavzudagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tergov faoliyati kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda tajribali amaliyot xodimlari, kunduzgi ta’lim kursantlari, ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining “Ishni sudga qadar yuritishda yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amaliyotga Yagona tergov axborot tizimi joriy qilingan edi. Bundan ko‘zlangan maqsad tergov faoliyatini raqamlashtirish va ishni sudga qadar yuritish jarayonida yagona elektron hujjat almashinuvi tizimini yo‘lga qo‘yishdir.

Davra suhbatida IIV huzuridagi Tergov departamenti vakillari so‘z olib, Yagona tergov axborot tizimining imkoniyatlari, undan foydalanishda axborot xafsizligi, shu jumladan, ma’lumotlarning tezkorligi va haqqoniyligini ta’minlash, surishtiruv va tergov organlari bilan elektron hamkorlikni amalga oshiruvchi davlat organlari hamda tashkilotlarning vazifalari haqida batafsil tushuncha berib o‘tishdi.

Tadbir so‘nggida “tergov faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishini tamomlayotgan kursantlar kelgusidagi xizmat faoliyatlariga oid savollarga javob olishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech