Poytaxtimizda harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalari kursantlari ishtirokida xorijiy tillar bo‘yicha fan olimpiadasi o‘tkazildi.
Unda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi kursantlari qatnashdi.
Iqtidorli yoshlar ingliz va rus tillarida bayon yozish, erkin muloqot qilish, grammatik qoidalarni bilish va boshqa qiziqarli topshiriqlar bo‘yicha o‘zlarini namoyon etdilar.
Bahslarga boy o‘tgan olimpiadada IIV akademiyasi kursantlari “Eng ravon nutq” va “She’rni ifodali aytish” nominatsiyalarini qo‘lga kiritib, diplom hamda turfa xil kitoblar bilan taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati