Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Xodimlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etildi

12 Avgust 2025, 09:08

66

IIV akademiyasida malaka oshirish kursida tahsil olayotgan inspektor-psixologlar o‘rtasida jamoaviy ruhni mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi.

Tadbir doirasida shaxmat, tosh ko‘tarish, arqon tortish, armrestling, stol tennisi va mini futbol kabi sport turlari bo‘yicha qizg‘in bahslar o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘zining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va iroda kuchini namoyish qildilar.

Musobaqalar jarayonida nafaqat g‘oliblik uchun kurash, balki hamkasblar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va do‘stona muhit yaqqol sezildi. Qizg‘in bahslardan so‘ng har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatgan xodimlar alohida e’tirof etildi.

 

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech