Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

XODIMLAR ATTESTATSIYADAN O‘TKAZILMOQDA

30 Aprel 2025, 07:04

85

Ayni kunlarda IIV akademiyasining moliya va moddiy-texnika ta’minoti tuzilmalari xodimlari navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazilmoqda.

Attestatsiya O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri va akademiya boshlig‘ining tegishli farmoyishlariga binoan xodimlarning bilim darajasi, kasbiy tayyorgarligi hamda egallab turgan lavozimiga loyiqligini baholash orqali tizimning faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Aytish joizki, bugungi murakkab sharoitda davlat xizmatchilari, ayniqsa ichki ishlar organlari xodimlariga qo‘yilayotgan talablar kuchayib bormoqda. Har bir xodim zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, o‘z ustida muntazam ishlashi, faoliyatini tanqidiy baholay bilishi, istiqbolli qarorlar qabul qilishi, faoliyatiga ilg‘or yondashuvlarni tatbiq etib borishi, shu bilan birga, shaxsiy manfaatdorlik holatlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Xodimlar bilimini baholash jarayonida attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan yuqoridagi omillarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Har bir qaror adolat va xolislik nuqtai nazaridan qabul qilinmoqda.

Ta’kidlash kerakki, attestatsiya jarayonlarining birinchi bosqichida xodimlarning psixologik holati, ikkinchi bosqichda jangovar va jismoniy tayyorgarligi, uchinchi bosqichda kasbiy bilim va dunyoqarashi sinovdan o‘tkazildi. So‘nggi yakka tartibdagi yakuniy suhbat bosqichi esa 5-may kuniga qadar davom etadi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech