Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Xiyobonda bilimlar bahsi

20 Oktyabr 2025, 07:10

40

O‘zbek tili bayrami munosabati bilan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida bilimlar bahsi o‘tkazildi.

Ona tilimizning mavqei va nufuzini yuksaltirish, yoshlarni adabiyotga, kitob mutolaasiga qiziqtirish, ularning dunyoqarashi va ma’naviy salohiyatini kengaytirish maqsadida tashkil qilingan bellashuv qiziqarli ruhda o‘tdi.

Shu kuni IIV akademiyasi kursantlari “O‘zbek tili bilimdoni”, “O‘zbek mumtoz adabiyoti vakillarining ijodida Vatan madhi” hamda “Jadid adabiyotida til va adabiyotning o‘rni” deb nomlangan shartlar bo‘yicha bellashdilar.

Tadbir yakunida “Zabarjad” jamoasi birinchi, “Taraqqiy” jamoasi ikkinchi, “Iftixor” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. Iqtidorli va bilimdon yoshlarga atoqli adiblarimiz asarlaridan iborat kitoblar tuhfa qilindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech