IIV akademiyasi kursantlari uçun poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida sayyor darslar taşkil qilindi.
Özbek tili va xorijiy tillar kafedrasi taşabbusi bilan ötkazilgan mavğulotlar yoşlarni adabiyot olamiga yanada yaqinlaştiriş, ularning ma’naviy dunyoqaraşini yuksaltiriş, serqirra ijodi bilan xalqimiz qalbidan joy olgan şoir va yozuvçilarimizning ibratli faoliyatini tarğib qilişda muhim ahamiyat kasb etdi.
Bir hafta mobaynida kursantlar “Çölpon – erk va adolat kuyçisi”, “Adabiyot nadir?”, “Qodiriyning sönggi kunlari”, “Usmon Nosir hayoti va ijodiga bir nazar”, “Ufqqa tutaş toğday jasorat”, “Ruhiyatni yoritgan şe’riyat”, “Zahiriddin Bobur ijodida yurt soğinçi” kabi mavzularda ma’ruzalar tingladilar.
Şe’riyatga ixlosmand yoşlar iştirokida ötgan bahru baytlar, muloqot va munozaralar adiblarimiz ijodidan teranroq bahramand böliş, adabiyotning millat ma’naviyatini tarbiyalaşdagi beqiyos qudratini his qiliş imkonini berdi. Zero, ma’rifatparvar bobomiz Abdulhamid Çölpon aytganidek, adabiyot yaşasa – millat yaşaydi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati