Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

XITOYLIK PROFESSOR-ÖQITUVÇILAR VA TALABALAR YURTIMIZDA MALAKA OŞIRDI

8 Noyabr 2025, 18:20

969

IIV akademiyasida Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti vakillari uçun taşkil qilingan öquv kursi yakunlandi.

Aytiş joizki, ikki haftalik öquv kursi doirasida ta’lim muassasalari örtasida özaro hamkorlik va tajriba almaşinuvini mustahkamlaşga qaratilgan qator tadbirlar amalga oşirildi.

Maşğulotlar davomida mehmonlar yurtimizning qadimiy va boy tarixi, yangi Özbekistondagi keng qamrovli özgarişlar, muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan strategik islohotlar, şuningdek mamlakatimiz içki işlar organlari tizimi, soha uçun kadrlar tayyorlaş jarayonlari haqida keng tuşunçaga ega bölişdi.

Ayniqsa joylarda taşkil qilingan sayyor maşğulotlar içki işlar organlarining jamoat tartibini saqlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, xavfsiz turizmni ta’minlaş faoliyatiga joriy qilingan ilğor yondaşuvlar bilan yaqindan tanişiş imkonini berdi.

Öquv kursi yakuni munosabati bilan ötkazilgan tadbirda universitet delegatsiyasi rahbari Xu Meng yurtimiz haqidagi taassurotlarini bölişib, şunday dedi:

“Taşrif çoğida Özbekistonda amalga oşirilayotgan ulkan islohotlarga guvoh böldik. Akademiyada yölga qöyilgan innovatsion ta’lim jarayonlari bilan tanişiş, qiziqarli ma’ruzalarni tinglaş, yetuk salohiyatli professor-öqituvçilar bilan fikr almaşiş biz uçun juda foydali böldi. Muhimi, bir jihatga, ta’lim muassasalarimiz örtasidagi aloqalar izçil ravnaq topib borayotganiga amin böldik”.

Akademiya rahbari Özbekiston va Xitoy mamlakatlarini tarix sinovidan ötgan aloqalar boğlab turişini alohida ta’kidladi. “Keyingi yillarda munosabatlarimiz strategik şeriklik darajasiga kötarildi. Manfaatli aloqalar köplab sohalar qatori, huquqni muhofaza qiliş tizimida ham jadal rivojlandi. Bugun buning amaliy ifodasini körib turibmiz. Öylaymanki, ayni jihatlar hamkorligimizni yangi zamon ruhi bilan yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi”, – dedi Rustam Xatamov.

Şundan söng universitet professor-öqituvçilari va talabalariga sertifikatlar topşirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech