Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Xitoy universiteti vakillari kursantlarga maşğulot ötmoqda

24 Dekabr 2025, 12:07

925

IIV akademiyasida yetakçi xorijiy davlatlarning tajribali mutaxassislarini ta’lim jarayoniga jalb qiliş böyiça izçil çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Şu kunlarda Xitoy Jamoat xavfsizligi universiteti vakillari tomonidan “raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarşi kuraşiş faoliyati” ixtisoslik yönalişida ta’lim olayotgan kursantlar uçun navbatdagi maşğulotlar taşkil etilmoqda.

Bir haftalik maşğulotlar davomida kursantlar elektron dalillar bilan işlaş, ma’lumotlarni töplaş, saqlaş va qayta işlaş, tarmoq axborotini monitoring qiliş, şuningdek kiberjinoyatlarga qarşi kuraşişda qöllanilayotgan ilğor yondaşuvlar böyiça bilim hamda könikmalarini oşiradilar.

Maşğulotlar oldidan universitet mutaxassislari akademiya faoliyati bilan yaqindan tanişdi. Mehmonlarga ta’lim jarayonlari, mutaxassislik yönalişlari, öqitişning zamonaviy metodlari, kursant va tinglovçilar uçun yaratilgan şaroitlar haqida ma’lumot berildi. Ta’lim muassasalari vakillari özaro muloqot qilib, xalqaro aloqalarni yanada rivojlantiriş, dolzarb yönalişlarda tajriba almaşiş, hamkorlikni izçil davom ettiriş borasida fikr almaşdilar.

Aytiş joizki, maşğulotlarga Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya va boşqa davlatlardan tajribali professor-öqituvçilarning jalb qilinayotgani ta’lim sifatini oşiriş bilan bir qatorda, soha uçun yuqori malakali kadrlar tayyorlaşda muhim ahamiyat kasb etişi, şubhasiz.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech