Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Xavfsiz muhitni şakllantiriş jinoyatçilik omillarini barvaqt aniqlaşga boğliq

20 Noyabr 2026, 22:23

158

IIV akademiyasi boşliği Rustam Xatamov poytaxtimizning Mirzo Uluğbek tumanidagi “Nobirabegim” mahallasida aholi uçun yaratilgan xavfsiz şaroitlar bilan tanişdi.

Manzilli örganiş davomida jinoyatçilikni jilovlaş, hududlarni kameralaştiriş va qöriqlovga oliş, jamoat xavfsizligini ta’minlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar muhokama qilindi.

Akademiya boşliği mas’ullar, “mahalla yettiligi” vakillari va faollar bilan muloqot qilib, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir körsatayotgan omillar, “102” tizimiga kelib tuşayotgan murojaatlar, profilaktika işlari natijadorligi, aholini qiynayotgan muammolar yuzasidan fikr almaşdi.

Ta’kidlanganidek, joriy yilning 10 oyi davomida mahalla hududida giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuçli ta’sir qiluvçi moddalar bilan boğliq jinoyatlar köp qayd etilgan. Bunday holatlarga barham beriş uçun xavf guruhiga kiruvçi şaxslar bilan profilaktik işlarni kuçaytiriş, oilalardagi muhitni soğlomlaştiriş, yoşlarning huquqiy ongini yuksaltiriş, ularni zararli illatlar ta’siridan asraş zarurligi aytib ötildi.

Yiğilişda sodir etilgan jinoyatlarning sabab va şaroitlari ham muhokama qilindi. Akademiya boşliği kriminogen vaziyatni tahlil qilib boriş, xavfsizlik çoralarini kuçaytiriş, çaqiruvlarga zudlik bilan munosabat bildiriş, ijtimoiy profilaktikani töğri taşkillaştiriş orqali fuqarolar osoyiştaligini ta’minlaş, kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş borasida mas’ullarga topşiriq berdi.

Muhokama yakunida mahallada xavfsiz muhitni yaratiş, jinoyatçilikka barham beriş, yoşlar nazoratsizligining oldini oliş, aholi örtasida ta’sirçan profilaktik çoralarni amalga oşiriş, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvçi holatlarni barvaqt aniqlaş va bartaraf etişga qaratilgan muhim vazifalar belgilab olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech