IIV akademiyasi professor-öqituvçilari tomonidan Zangiota tumani mahallalarida manzilli örganişlar olib borilib, kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş çoralari körilmoqda.
Örganişlar davomida hududlarda qayd etilgan jinoyatlar, aholi muammolari, “102” tizimi orqali kelib tuşayotgan murojaatlar tahlil qilinib, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir körsatayotgan omillar bartaraf etilmoqda.
Şu kungaça manzilli “yöl xarita”larda belgilangan çora-tadbirlar doirasida mahallalarga 47 ta “PTZ”, 937 ta “Face ID”, 154 ta transport vositalari raqamini aniqlovçi kamera hamda 263 ta “SOS”taşviş tugmasi örnatildi. Texnik qöriqlovga oliş işlari jadallaştirilib, “jinoyat öçoq”lariga qöşimça kuç-vositalar yönaltirildi.
“Xonadonbay” tizimda ijtimoiy profilaktika çora-tadbirlari ötkazilişi lozim bölgan 4799 nafar, alohida toifadagi 15 nafar şaxs aniqlanib, “mahalla yettiligi”ga biriktirildi. Hamkor taşkilotlar bilan ötkazilgan mehnat yarmarkalari natijasida ijtimoiy profilaktika obyektlaridan 70 nafari işga joylaştirilib, yana 42 nafari kasbga yönaltirildi.
– Mahallalarda xavfsiz muhitni şakllantirişda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, kriminogen vaziyatdan xabardorligini oşiriş, ijtimoiy-maişiy muammolarini hal etişga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi akademiya işçi guruh vakili, podpolkovnik Miyonfarrux Saidov.
Ana şu maqsadda joylarda 136 marotaba profilaktik, 155 marotaba tarğibot tadbirlari ötkazilib, 150 mingdan ziyod körgazmali materiallar tarqatildi. Fuqarolarning uyali aloqa vositalariga 2 bosqiçli himoya tizimlari, “APK Qöriqçi” va boşqa xavfsiz ilovalar örnatilib, kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlar böyiça tuşuntirişlar olib borilmoqda.
Mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlaş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş orqali osoyişta muhitni qaror toptiriş, profilaktik çora-tadbirlar samaradorligini oşirişga qaratilgan işlar davom ettirilmoqda.
IIV akademiyasi Axborot xizmati